Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 08:09 / 09.11.2015
3748
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonga 17 noyabr kuni Pokiston bosh vaziri tashrif buyuradi
Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif noyabr oyining ikkinchi yarmida rasmiy davlat tashrifi uyushtiradi. Dispatch News Desk nashri xabariga ko‘ra, bu tashrif 17 noyabr kuni amalga oshirilib, 2 kun davom etadi.
Pokiston rahbari o‘z tashrifi vaqtida O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov, O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev va boshqa rasmiylar bilan uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Ushbu tashrif doirasida ikki davlatning turli sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish