Jahon | 18:03 / 09.11.2015
4374
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Eron bilan S-300 bo‘yicha shartnoma imzoladi

Rossiya va Eron S-300 raketalarga qarshi mudofaa tizimlarini yetkazib berish borasida shartnoma imzoladi, deb xabar beradi RIA Novosti.

“Gap S-330, raketalarga qarshi mudofaa tizimi haqida ketmoqda, shartnoma allaqachon imzolandi”, - dedi “Rostex” rahbari Sergey Chemezov Dubay aviasalonida.

Uning so‘zlariga qaraganda, shartnomaning birinchi qismi bajarilganidan so‘ng Eron Rossiyaga nisbatan ilgari bajarilmagan shartnomalar yuzasidan e'tirozlarini bekor qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish