O‘zbekiston | 12:53 / 09.11.2015
5218
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Turkiya va O‘zbekiston avtomobilsozlari muzokara o‘tkazadi

Turkiya Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining Eksport bosh boshqarmasi boshlig‘i Veysel Parlak rahbarligidagi Uludag‘ Eksportchilar assotsiatsiyasi Avtosanoat eksportchilari uyushmasi a'zolaridan iborat delegatsiya yurtimizga tashrif buyurdi.

Mazkur delegatsiya tarkibida Turkiya Avtosanoat eksportchilari uyushmasiga a'zo 15ta firma vakillari ham o‘rin olgan. Ular ishtirokida 2015 yil 9 noyabr kuni Toshkent shahridagi “Grand Mir” mehmonxonasida seminar va ikki tomonlama muzokaralar shaklida biznes forum (V2V) bo‘lib o‘tadi.

Jumladan, tadbirlar doirasida Uludag‘ Eksportchilar assotsiatsiyasi Avtosanoat eksportchilari uyushmasi, “O‘zavtosanoat” AK, O‘zbekiston Savdo-sanoat Palatasi taqdimotlari hamda o‘zbek-turk kompaniyalari vakillari o‘rtasida ikki tomonlama muzokaralar tashkil etiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish