Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boston hukumati jamoat joyida o‘yinchoq qurollar bilan yurishni taqiqladi
Bostonda jamoat joylarida ko‘rinishi o‘q otar qurollarniki singari o‘yinchoqlar bilan yurish taqiqlandi, deb xabar bermoqda NBC.
Mazkur farmonga mer Marti Uolsh imzo chekkan. Shunga muvofiq huquq-tartibot idoralari xodimlari bu kabi holatlarda o‘yinchoqlarni musodara qiladi.
Ma'lum qilishicha, yangi qonun jamoat xavfsizligi darajasini oshirishga turki bo‘ladi. Politsiya xodimlari esa, o‘q otar qurolni o‘yinchoq yoki haqiqiy ekanligini ma'lum bir soniyalarda aniqlashtirishlari lozim.
Boston merining ta'kidlashicha, haqiqiylariga o‘xshash to‘pponcha va avtomotlar ishlab chiqarishga qarshi chota-tadbirlar davom etmoqda.