Jahon | 00:26 / 10.11.2015
4437
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiya IShIDning Suriyadagi marralariga aviazarba berdi

Fransiya mudofaa vaziri Jan-Iv Le Drianning ma'lum qilishicha, mamlakat harbiylari Suriya sharqidagi IShID terrorchilik guruhining neft ta'minotiga ega marralariga aviazarba bergan. Bu haqda Al Arabiya ma'lum qilmoqda.

Bu haqda vazir Senegalning Dakar shahridagi xalqaro forumdagi chiqishi vaqtida ma'lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, aviazarba 8 noyabr kuni amalga oshirilgan.

“Biz Iroq va Suriya chegarasi hududida joylashgan Dayr-ez-Zaur aholi yashash punktida joylashib olgan jangarilarning neft ta'minotiga ega marralarini yo‘q qildik”, — deb o‘tgan u.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish