Jamiyat | 10:38 / 10.11.2015
4761
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikada "Makdonalds" restorani "kalamushli gamburger" tufayli yopib qo‘yildi

Mexiko shtati bosh prokuraturasi 9 noyabr kuni tez tayyorlanadigan ovqatlar taqdim qilish bilan shug‘ullanadigan "Makdonalds" restoranlari tarmog‘ini yopdi. Mexiko yaqinidagi Tlalnepantle hududida joylashgan bu restoranda sotilgan gamburgerdan kalamush boshi topilgan.

El Universal portali ma'lumotiga ko‘ra, restoran mijozlaridan biri shunday taomdan zaharlanib, shifoxonaga yotqizilgan.

Meksikadagi "Makdonalds" vakillari bu hodisadagi aybni o‘zidan soqit qilmoqda va buni tuhmat sifatida ko‘rmoqda.

Ayni vaqtda internetda "kalamushli gamburger" suratlari tarqalgan.

Prokuratura tekshiruvlar jarayonida restoranni yopib qo‘ygan.

Jabrlanuvchi tomonidan sudga "Makdonalds"ga nisbatan da'vo berilishi haqida ma'lumot yo‘q.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish