Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 19:11 / 10.11.2015
5938
1 daqiqa o‘qiladi
Putin Rossiya ichki ishlar vaziri Kolokoltsevga politsiya generali unvonini berdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokoltsevga politsiya generali unvoni berish haqida farmonni imzoladi.
“Kolokoltsev Vladimir Aleksandrovichga Rossiya Federatsiyasi politsiya generali maxsus unvoni berilsin”, deyilmoqda farmonda.
Bungacha Vladimir Kolokoltsev politsiya general-polkovnigi unvoniga ega edi.
Bugun, 10 noyabrda Rossiyada Ichki ishlar vazirligi xodimi kuni nishonlanmoqda.