Texnologiya | 22:28 / 10.11.2015
3465
1 daqiqa o‘qiladi

Revols bir daqiqada quloqqa moslasha oladigan quloqchin taqdim etdi

Revols jamoasi inson qulog‘iga mustaqil ravishda moslashuvchan quloqchin (naushnik) taqdim etdi.

Avvalroq bu jarayon uzoq vaqtga cho‘zilar edi. Endi esa Rivols ning taklifiga ko‘ra, bu jarayon 60 soniya ichida amalga oshadi. Undagi maxsus gel yordamida quloqchin optimal shaklga kiradi. Buning uchun maxsus dasturga ega smartfon lozim bo‘ladi.

Revols taqdim etgan quloqchin simsiz bo‘lib, buning uchun smartfonning Bluetooth xizmati bo‘lsa kifoya. U quvvatsiz 14 soat vaqt mobaynida ishlay oladi. Bundan tashqari, har bir quloqchinning orqa qopqog‘i olib-qo‘yiladigan bo‘lib, ularni almashtirish imkoniyati mavjud. Ishlab chiqaruvchining ta'kidlashicha, undan chiqadigan tovush sifati ham a'lo darajada.

Innovatsion quloqchinlarning bahosi 199 AQSh dollarini tashkil etadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish