Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada yirik terakt tayyorlayotgan 3 kishini qo‘lga oldi
Turkiyaning Izmir shahri jandarmeriyasi Kurdiston ishchi partiyasining 3 nafar jangarisini qo‘lga oldi. NTV telekanalining xabar qilishicha, terrorchilar yonidan 17 kg plastik portlovchi moddalar topilgan.
Aytilishicha, partiyaning Izmir yacheykasi a'zosi bo‘lgan 36 yoshli Ibrohim ismli shaxs bir muddat avval kuzatila boshlangan. Bugun ertalab esa u 2 nafar sherigi bilan o‘rmon massivida yerga ko‘milgan portlovchi moddani qazib olayotganida qo‘lga olingan.
Xabar qilinishicha, jangarilar Mustafo Kamol Otaturk xotirasi kuni (10 noyabr) qo‘poruvchilik harakati uyushtirishni rejalashtirishgan.