O‘zbekiston | 12:08 / 11.11.2015
2554
1 daqiqa o‘qiladi

Bangladesh va O‘zbekiston turizm sohasidagi aloqalar istiqbollarini muhokama qildi

10 noyabr kuni “O‘zbekturizm” MKda Bangladeshning Toshkentdagi elchisi Mosud Mannan bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv chog‘ida elchiga O‘zbekistonning turistik salohiyati borasida ma'lumotlar berildi, deb xabar qildi “O‘zbekturizm” matbuot xizmati.

Shuningdek, turizm sohasida ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Xususan, elchi bu borada o‘z harakatlarini jadallashtirishini ta'kidlab o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish