Jamiyat | 11:02 / 11.11.2015
4274
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniya va Fransiyada “Iso Qur'onda” xujjatli seriali efirga uzatiladi

«Arte» nemis-fransuz telekompaniyasida “Iso Qur'onda” nomli xujjatli serial namoyishi boshlanadi. Bu haqda «Histoire pour Tous» sayti ma'lumotlariga asoslanib Muxlis.uz sayti xabar bermoqda.

Xabarlarda keltirilishicha, mazkur loyihada 26 nafar musulmon ulamolari ekspert sifatida ishtirok etgan.
Serialning dastlabki epizodlari 2015 yilning noyabr oyi oxiri va dekabrning boshlarida efirga uzatiladi.

Serialda Iso alayhisalom va ularning volidai muxtaramalari Bibi Maryam haqida Qur'oni Karimda yozilgan fikrlar(“An-Niso” surasining 157, 158- oyatlari) xususida hikoya qilinadi.

«Arte» fransuz kanalining asosiy binosi Strasburgda joylashgan bo‘lib, tomoshabinlarga madaniyat va san'at yo‘nalishidagi ma'lumotlarni yetkazishga ixtisoslashgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish