Jamiyat | 09:29 / 11.11.2015
2933
1 daqiqa o‘qiladi

Jyenevada pushti olmosli uzuk 28,8 mln dollarga sotildi

16 karatli kam uchraydigan pushti olmos Jyenevadagi Christie's auksionida 28,8 mln dollarga sotildi. Bu haqda auksion uyi saytida ma'lum qilingan.

Sotuvchi ham, oluvchi ham o‘zlarini sir tutishgan. Ma'lum qilishlaricha, qimmatbaho tosh “Yoqimli Jozefina” deb nomlanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish