Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mutaxassis: 15 yildan so‘ng Moskvada internet butunlay tekin bo‘ladi
2030 yilga kelib Moskvada internetdan foydalanish mutlaqo tekin bo‘lishi mumkin. Bu haqda Moskva axborot texnologiyalari tahliliy bo‘linmasi boshlig‘i Aleksey Chukarin aytib o‘tgan.
Ayni damda Moskvaning 75 foiz aholisi internetdan foydalanadi. 2015 yil holatiga ko‘ra, internet axborot-kommunikatsiya sohalari ichida eng ommabopi bo‘lgan. Mutaxassisning fikricha, raqamli texnologiyalar sohasi bundan keyin ham jadal rivojlanadi va 2030 yilga kelib, internet shaharning barcha iqtisodiy sohalarini qamrab oladi.
Chukarinning so‘zlariga ko‘ra, kelgusi 15 yil ichida shaharlar va kompaniyalar oldida ma'lumotlarni saqlash va qurilmalarni energiya ta'minoti bilan uzluksiz ta'minlash vazifasi turibdi.