Sport | 14:31 / 11.11.2015
2311
1 daqiqa o‘qiladi

Pako Alkaser "Chelsi"ning qishki transferlar vaqtidagi asosiy maqsadi bo‘ladi

"Valensiya" jamosining 22 yoshli ispaniyalik hujumchisi Pako Alkaser "Chelsi" jamoasining qishki transferlar vaqtidagi asosiy maqsadi bo‘lib turibdi. Bu haqda Daily Star nashri xabar qilmoqda.

Joze Mourino jamoaning ayni vaqtdagi hujumchilari Diyego Kosta, Lyuik Remi va Radamel Falkaoning ko‘rsatkichlaridan norozi bo‘lmoqda va ularning o‘rniga yangi markaziy hujumchi olib kelishni ko‘zlamoqda.

Qayd etish kerakki, yuqorida nomlari sanalga 3 hujumchi APLning joriy mavsumida jami 3ta gol urishdi.

Alkaser esa o‘z jamoasi safida La ligada o‘tkazilgan 10ta o‘yinda 5ta gol urib, 2ta golli pas uzatdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish