Jamiyat | 07:47 / 11.11.2015
5268
1 daqiqa o‘qiladi

Peskov Katerina Tixonova Putinning qizi ekanligi haqidagi ma'lumotlarni rad etdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Innopraktika” kompaniyasi rahbari, 28 yoshli Katerina Tixonova Vladimir Putinning qizi ekanligi haqida Reuters axborot agentligida chop etilgan maqoladagi ma'lumotlarni inkor etdi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

“Men buni inkor qila olaman”, deb aytdi Peskov. Reuters agentligi maqolasida Gazprombank rahbari Andrey Akimovga iqtibos keltirgan holda Tixonovani Putinning qizi ekanligi ta'kidlagan.

Peskovning aytishicha, u Akimovning raddiyasini ko‘rgan, unda “Akimov Reuters bergan ma'lumotdan hayratda ekanligi va hech qachon bunday aytmaganini ta'kidlagan”.

“Putinning qizlari kim ekanligi haqida sizlarga biror narsa ayta olmayman, chunki bunday ma'lumotga ega emasman va ayta olmasdim ham, chunki bu mening xizmat vazifalarimga kirmaydi”, deb aytdi Peskov.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish