Jahon | 16:52 / 11.11.2015
2712
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonning Rossiyadagi elchixonasi mamlakat fuqarosining Moskvada davolanishi uchun pul o‘tkazdi

Qirg‘izistonning Rossiyadagi elchixonasi mamlakat fuqarosining Moskvada davolanishi uchun pul o‘tkazdi. Elchilik matbuot xizmatining xabar berishicha, qirg‘izistonlik Absamat qizi Qanayimning davolanishi uchun mamlakat prezidenti Almazbek Atambayev Botkin nomli shifoxonaga 300 ming rubl o‘tkazgan.

Qanayim zo‘ravondan qochaman deb 7-qavatdan tushib ketgan. U ko‘plab jarohatlar olib, yuqorida tilga olingan shifoxonaga yotqizilgan hamda u yerda ikki marta jarrohlik amaliyotidan o‘tkazildi.

Ayolning ahvoli qanday ekanligi haqida hozircha aniq ma'lumot berilmadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish