Jahon | 11:38 / 11.11.2015
4476
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston Afg‘oniston bilan chegarada mudofaaning 2-chizig‘ini yaratmoqda

“Tolibon” radikal harakatining Afg‘oniston shimolida faollashuvi munosabati bilan Tojikiston chegaralar xavfsizligini ta'minlashga jiddiy e'tibor bermoqda.
Aytilishicha, birinchi chiziqda turgan 16 ming chegarachiga artilleriya va havo mudofaasi vositalariga ega harbiy qo‘shilmalardan iborat ikkinchi himoya chizig‘i tashkil etiladi.
Tojikiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi chegara zonasi 1 300 km masofaga cho‘zilib ketgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish