Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAda Qur'onga bag‘ishlangan uchta yangi musobaqa o‘tkaziladi
Birlashgan Arab Amirliklarining “Ra's al-Xayma” viloyati hokimi Shayx Saud bin Saqar al-Qosimiy rahbarligida “Ra's al-Xayma” muassasasida o‘tkazilgan 16-davra yig‘ilishida “Qur'oni karimning fazilatlari to‘g‘risidagi hadislar”, “Islomni yaqinda qabul qilganlar (avval boshqa dinda bo‘lib, keyinchalik Islomni qabul qilganlar o‘rtasida qur'on va hadisga oid mavzularda o‘tkaziladi)”, “Murattab imom-xatib va muazzinlar” mavzulari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilishi ma'lum qilindi, deb yozadi Muxlis.uz.
Muassasa Boshqaruv kengashi raisi Shayx Saqar al-Qosimiy o‘z so‘zida, ushbu musobaqalar muassasa faoliyatini yanada jadallashtirish, shuningdek, yoshlarni Qur'oni karim va hadisi sharif ilmlari borasidagi bilimlarini mustahkamlash maqsadida tashkillashtirilayotganini ta'kidladi.