Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugun Mo‘g‘ulistonda Chingizxonning tug‘ilgan kuni nishonlanadi
12 noyabr kuni Mo‘g‘ulistonda Chingizxonning tug‘ilgan kuni nishonlanadi. Shu munosabat bilan Rossiya va Xitoy bilan chegaralari bir kunga yopib qo‘yiladi. Bu haqda FlashSiberia nashri xabar bermoqda.
Har yili Mo‘g‘ulistonda Milliy iftixor kuni nomli bayram butun mamlakat miqyosida nishonlanadi. Ushbu bayram buyuk sarkarda, mo‘g‘ul xalqining qahramoni Chingizxonning tavalludi munosabati bilan o‘tkaziladi.
Bayram 2012 yili ta'sis etilgan. Uning nishonlanshi kuni har yili o‘zgaradi, negaki mo‘g‘ullarning oy taqvimi bo‘yicha birinchi qish oyining birinchi kuniga to‘g‘ri kelishi kerak.