Jahon | 15:47 / 12.11.2015
2345
1 daqiqa o‘qiladi

Bunvesver Afg‘onistonda hozircha harbiylarini qoldiradi

Germaniya armiyasi harbiy xizmatchilari Afg‘onistonda ilgari rejalashtirilganidan 1 yilga ko‘proq turadi. Bu haqda Spiegel jurnali yozmoqda.

Aytilishicha, GFR hukumati mamlakat harbiylarining Mozori Sharifdagi o‘quv missiyasi eng kamida keyingi yil oxiriga qadar uzaytirilishi lozimligi borasida kelishuvga erishgan.

Ko‘rsatilgan muddatda askarlar mamlakat hududini tark etadi.
Bundan tashqari, Germaniya Afg‘onistondagi korpusi sonini 850 kishidan 980 kishigacha oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish