Sport | 16:13 / 12.11.2015
5648
1 daqiqa o‘qiladi

Yeva Karneyro turmushga chiqdi, to‘yga Mourino chaqirilmadi

11 noyabr kuni «Chelsi» klubi sobiq shifokori Yeva Karneyro taniqli tadqiqotchi va biznes-maslahatchi Jyeyson De Karterga turmushga chiqdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bergan.

Nikoh marosimi London shahrida bo‘lib o‘tgan. Unga «Chelsi»ning bir qator futbolchilari taklif etilgan, biroq mehmonlar orasida «aristokratlar» bosh murabbiyi Joze Mourino yo‘q edi.

Qayd etish joiz, APLning birinchi turida o‘tkazilgan «Chelsi» — «Suonsi» o‘yini vaqtida Joze Mourino va Yeva Karneyro o‘rtasida ziddiyat kelib chiqqandi.

Shundan so‘ng, ishdan ketgan Yeva klub rahbariyati bilan to‘lov puli borasida kelisha olmay, «Chelsi» va Mourinoni sudga berishga qaror qilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish