Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevro-2016 so‘nggi saralashi. Bugun o‘tish o‘yinlari boshlanadi
Bugun Yevropa chempionatining so‘nggi pley-off o‘tish uchrashuvlariga start beriladi. 13-14-15 noyabr kunlari davomida to‘rtta juftlikda jamoalar dastlabki o‘yinlarni o‘tkazishadi.
18 oktabr kuni o‘tkazilgan qur'a tashlash marosimi orqali juftliklar hosil qilingandi. Unga ko‘ra, Ukraina Sloveniya bilan, shvedlar esa daniyaliklarga qarshi o‘yin o‘tkazishadi. Yevro-2016 turnirida ishtirok etish uchun Bosniya va Gertsegovina Irlandiyaga qarshi o‘ynasa, yana bir qarama-qarshilik Norvegiya – Vengriya ko‘rinishida bo‘ladi.
13.11.2015, 00:45 Norvegiya – Vengriya
14.11.2015, 00:45 Bosniya va Gertsegovina – Irlandiya
14.11.2015, 22:00 Ukraina – Sloveniya
15.11.2015, 00:45 Shvetsiya – Daniya
Javob o‘yinlari ham shu haftaning o‘zida o‘tkaziladi.
15 noyabr kuni Budapeshtda Vengriya Norvegiyani qabul qiladi. 1 kundan keyin muxlislar Dublinda Irlandiya va bosniyaliklar bahsiga guvoh bo‘lishadi.
Maribordagi Sloveniya va Ukraina javob uchrashuvi 17 noyabrga belgilangan. Shu kuni yana bir uchrashuv Kopengagenda o‘tkaziladi va unda Daniya hamda Norvegiya o‘rtasida "skandinavcha derbi" kechadi.