Jamiyat | 16:44 / 12.11.2015
3241
2 daqiqa o‘qiladi

Independent: Avstraliyada qora tanli talabalar Apple do‘konidan quvib chiqarildi

Avstraliyada bir guruh qora tanli talabalar Apple do‘konidan “biror nima o‘g‘irlmasliklari uchun” quvib chiqarildi, deb yozadi The Independent nashri.

6 nafar talabaning ta'kidlashicha, Melburndagi do‘kon xodimi qorovulni chaqirib, ularni chiqarib yuborishni so‘ragan, negaki ular biror narsa o‘g‘irlashi mumkinligini gumon qilgan. Talabalar bo‘lib o‘tgan voqeani suratga olib, internetga joylashtirib yubordi. Ayni paytda uni Facebook orqali 50 ming kishi ko‘rib ulgurdi.

Talabalardan biri nashrga bergan intervyuda do‘kon xodimini irqchilikda aybladi.
Muhammad ismli talaba esa Facebook’dagi sahifasida quyidagicha yozuv qoldirdi: “Irqiy kamsitish to‘xtatilishi lozim. Bu AQShda juda ko‘p sodir bo‘ladi, lekin Avstraliyada ham boshlanishi bizga kerak emas”. Voqea yuzasidan Apple kompaniyasi chop etgan bayonotda rasman uzr so‘raldi.

“Biz insonlarning irqi, yoshi, jinsi, gender yoki etnik tegishliligi, dini va jinsiy qiziqishlaridan qat'iy nazar o‘zaro tengligiga ishonamiz, - deyiladi bayonotda. – Bu bizning dunyoning hamma qismlaridagi kompaniyalarimizga daxldordir”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish