Jahon | 15:44 / 12.11.2015
2357
1 daqiqa o‘qiladi

Istanbulda 11 kishi IShIDga aloqadorlikda gumon qilinib, hibsga olindi

Istanbul shahrida 11 kishi IShID terrorchilik tashkilotiga aloqadorlikda gumon qilinib, qo‘lga olindi. Bu shaxslar Turkiyaning Antalya shahrida o‘tkaziladigan G20 sammiti arafasida o‘tkazilgan maxsus amaliyot chog‘ida hibs qilinishgan. Bu haqda Anadoli axborot agentligi xabar tarqatdi.

Ma'lum qilinishicha, Istanbuldan tashqari Turkiyaning bir qator yirik shaharlarida 15-16 noyabr kunlari o‘tkaziladigan sammit xavfsizligini ta'minlash maqsadida amaliyotlar o‘tkazilgan.

Bu harbiy operatsiyalarga huquqni muhofaza qilish organlarining 5 ming nafardan ortiq xodimi jalb qilingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish