Jahon | 11:47 / 12.11.2015
4699
1 daqiqa o‘qiladi

Kurdlar AQSh ko‘magida IShIDning strategik muhim marrasiga hujum boshladi

Kurd peshmerga-jangarilari Iroqda IShID marralariga qarshi hujumlarni boshladi, deya xabar qilmoqda Reuters agentligi.

Yangi harbiy amaliyotlar doirasida kurdlar Iroq shimolidagi Sinjar shahrini ozod qilishni mo‘ljallagan. Shahar jangarilar tomonidan 2014 yil oxirida bosib olingan edi.

Hujumlarni AQSh va koalitsiya aviazarbalari qo‘llab-quvvatlab turadi. Qayd etilishicha, Sinjar IShID uchun Iroq va Suriyaning Mosul va Rakka shaharlarini bog‘lab turadigan strategik ahamiyatga ega marra hisoblanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish