Jamiyat | 21:31 / 12.11.2015
3080
1 daqiqa o‘qiladi

Leonardo Di Kaprio olmos startapiga investitsiya qiladi

Gollivud aktyori Leonardo DiKaprio sintetik olmoslar ishlab chiqaruvchi Diamond Foundry kompaniyasi bilan startap boshladi, deb xabar bermoqda CNBC telekanali.

Martin Rosxayzen tomonidan asos solingan Nanosolar kompaniyasi sintetik olmos ishlab chiqishni rivojlantirish texnologiyalarini joriy etgani bois, o‘tgan olti oy davomida 500 million dollar sarmoya qo‘lga kiritdi. Kompaniya asoschisining so‘zlariga ko‘ra, yangi texnologiya elektron chiplar va quyosh batareyasi tarjribasi asosida ishlab chiqilgan. Yangi texnologiyalar asosida olmos ishlab chiqarish bilan Rosxayzenning yangi kompaniyasi — Diamond Foundry shug‘ullanadi.

Aktyor Leonardo DiKaprio Silikon vodiysi vakillari bilan birga yangi startapni yo‘lga qo‘ydi. Uning fikricha mazkur kompaniya sabab tabiiy olmos qazib olishda atrof-muhitga yetadigan zarar ma'lum bir miqdorda kamayadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish