Jahon | 00:39 / 12.11.2015
3368
1 daqiqa o‘qiladi

Madrid Kataloniya mustaqilligi rezolyutsiyasi ustidan sudga shikoyat qildi

Ispaniya hukumati Kataloniya mustaqilligi rezolatsiyasiga norozilik sifatida mamlakat konstitutsion sudiga appelatsiya kiritdi, deb xabar bermoqda Reuters.

“Bu nafaqat parlament qaroriga nisbatan munosabat, balki butun mamlakatni himoya etish hamdir”, — dedi ayblovga izoh berarkan bosh vazir Mariano Raxoy.

Avvalroq hudud parlamenti “respublika shaklida mustaqil Kataloniya davlatini tuzish” jarayonini boshlash haqida rezolyutsiya qabul qilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish