Texnologiya | 01:02 / 12.11.2015
3218
1 daqiqa o‘qiladi

Microsoft odam yuz ifodalarini anglay oladigan algoritm yaratdi

Microsoft kompaniyasi fotosuratdagi odamning yuz ifodasini aniqlay oladigan algoritm imkoniyatlarini sinab ko‘rish uchun unga demonstratsion kirishni ochdi.

Yuz ifodasini tahlil qilish uchun suratni xizmatga yuklash kerak bo‘ladi. Xizmat deyarli bir zumda statistik ma'lumotlarni chiqarib, unda qaysi yuz ifodasining ehtimoli ko‘proq ekani foiz nisbatida hisoblab chiqilgan bo‘ladi. Algoritm jahl, nafratlanish, jirkanish, qo‘rquv, bee'tiborlik, qayg‘u, hayrat va quvonch yuz ifodalarini aniqlay oladi.

Dastur kameraga to‘g‘ri qarab turgan yuzlarni aniq aniqlay oladi. Biroq dastur mualliflarining ogohlantirishicha, bu tajriba mahsuloti bo‘lib, yanglishishi mumkin. Shuningdek, o‘lchami 36x36 pikseldan kam bo‘lmagan va hajmi 4 Mbdan ko‘p bo‘lmagan tasvirlarni yuklash tavsiya qilinadi.

Algoritm Project Oxford tadbiri doirasida taqdim qilindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish