Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 01:42 / 12.11.2015
10882
1 daqiqa o‘qiladi
Peskov teleefir vaqtida Putinga taalluqli maxfiy ma'lumotlar aks etganini tasdiqladi
Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, Rossiya telekanallaridagi efir vaqtida maxfiy ma'lumotlar tushib qolgan, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
“Haqiqatan ham kamera obektivlariga maxfiy ma'lumotlar tushib qolgan va ular tezda o‘chirildi. O‘ylaymizki, bu narsa boshqa takrorlanmaydi”,— dedi Peskov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu holatlar boshqa takrorlanmasligi uchun zarur chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.