Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqtisodiyot | 09:51 / 12.11.2015
3361
1 daqiqa o‘qiladi
Qirg‘izistonda YaIM hajmi so‘nggi o‘n oy ichida 4,8 foizga o‘sdi
Joriy yilning yanvar oyidan oktabr oyiga qadar Qirg‘izistonda YaIM hajmi 4,8 foizga o‘sdi va 334 mlrd somga yetdi.
Bu haqda Qirg‘iziston telegraf agentligi xabar bermoqda.
Mamlakatda o‘tgan matbuot-anjumanida Qirg‘iziston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining vakili Akylbek Osmonaliyevning bergan ma'lumotiga ko‘ra,
mamlakat YaIPning asosini 49 foiz xizmat ko‘rsatish, 16 foiz sanoatning ulushi, qishloq xo‘jaligida esa 16 foiz va qurilishda 7 foizni tashkil etmoqda.