O‘zbekiston | 16:32 / 12.11.2015
6975
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyaning Soka universiteti O‘zDJTU bilan hamkorlik o‘rnatadi

12 noyabr kuni Yaponiyaning Soka universiteti rektori Yoshihisa Baba O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi. Bu haqda kun.uz sayti mobil muxbiri xabar berdi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad, ikki oliy ta'lim muassasasi o‘rtasida yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilayotgan hamkorlik memorandumi bandlarini muhokama etish hamda O‘zDJTUda yapon tilining kelgusidagi o‘qitilishi bo‘yicha muzokara olib borishdan iborat bo‘ldi.

Muloqot avvalida universitet talabalari tomonidan o‘zbek milliy raqsi, yapon tilidagi qo‘shiq va raqs, yapon tili kafedrasining faoliyatiga bag‘ishlangan maxsus videorolikdan iborat badiiy dasturlar namoyish etildi.

Muzokaralar yakunida hamkorlik memorandumi 13 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston va Yaponiya universitetlari rektorlarining II konferensiyasida imzolanishi kelishib olindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish