Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adidas dunyodagi birinchi virtual stadionni ochmoqda
Adidas nemis konserni Parijdagi San-Denida 360 gradusli proyeksiyaga ega futuristik stadionni namoyish qildi, deb xabar berilmoqda «Gazeta.Ru» nashri ixtiyoriga kelib tushgan matbuot bayonotida.
Ochilish marosimiga Zinedin Zidan, Per Mertezaker va Xavi kabi afsonaviy futbolchilar tashrif buyurdilar. Nomdor futbolchilardan tashqari, tadbirda Germaniya, Ispaniya, Rossiya, Belgiya, Daniya va Shvetsiyadan yosh o‘yinchilar ham ishtirok etdilar. “Menga yosh o‘yinchilarda men o‘yinlar oldidan muxlislar armiyasi oldida his qilgan hissiyotlarni boshdan kechirish imkoniyati borligi yoqadi. Futbol bo‘yicha Yevropa chempionati finalida ishtirok etish noyob tajriba. O‘yin oldidan sen his qiladigan hayajon, sen tunneldan ketayotganingda andrenalin quyilishi, imkoniyatlar chegarasida o‘ynashga ilhomlantiruvchi olomon hayqirig‘i. Bularning barchasini Future Arena’da his qilish mumkin. Umid qilamanki, yangi avlod bu muhitni to‘liq his qila oladi. Kim biladi, bunday stadionda o‘ynashdan ilhomlangan holda nimalarga erishish mumkin?”, deb stadion haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi Zidan.
Tadbir ishtirokchilari Yevropa chempionati final bosqichining rasmiy to‘pi – Beau Jeu bilan birinchilardan bo‘lib futbol o‘ynashga muvaffaq bo‘lishdi. Bu to‘pni bundan avval Zinedin Zidan instagramdagi sahifasida chop etgan edi. Shuningdek, yosh o‘yinchilar Yevro-2016 da 6 ta davlat terma jamoasi ishtirok etadigan rasmiy mehmon kiyimlarini namoyish qilishdi.