Fan-texnika | 06:55 / 14.11.2015
4960
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda mashinalar sotuvchi 5 qavatlik avtomat ishga tushirildi

Tutilgan avtomobillarni sotuvchi Carvana kompaniyasi AQShning Tennessi shtatidagi Neshvill shahrida mashinalar sotuvchi avtomatni ishga tushirdi. Mijozlar sotuvga qo‘yilgan avtomobillarning ko‘rsatkichlari bilan tanishib, jyeton ko‘rinishidagi tanga yordamida xaridni amalga oshirishlari mumkin, deb xabar bermoqda Gizmag nashri.  

Avtomat o‘zidan 5 qavatli, 20 ta mashinaga mo‘ljallangan robotlashtirilgan garajni aks ettiradi. To‘lov amalga oshirilgandan keyin maxsus platforma xarid qilingan avtomobilni pastga tushiradi. So‘ngra avtomobil avtoturargohga olib chiqiladi.

Xaridorga avtomobilni sotib olish borasida yakuniy qarorga kelish uchun 7 kunlik muhlat beriladi, bu muhlat tugagandan keyin uning hisob raqamidan tegishli miqdordagi pul yechib olinadi. To‘lov katta diametrdagi jyeton ko‘rinishidagi tanga yordamida amalga oshiriladi.

Bu savdo avtomati Carvana’ning ikkinchi shunday avtomati bo‘lib, kompaniyaning birinchi bir qavatli avtomati 2013 yil noyabrda Atlantada ishlashni boshlagan. Bu avtomatda to‘lovni faqatgina plastik kartalar yordamida amalga oshirish mumkin bo‘lgan.   

Carvana kompaniyasi 2013 yilda tashkil topgan. Kompaniya bosh qarorgohi Arizona shtatidagi Feniks shahrida joylashgan.