Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Futbolchi: Euro-2016 turniri Fransiyada o‘tkazilishi so‘roq ostida
Italiya terma jamoasi himoyachisi Leonardo Bonuchchi Parij teraktiga munosabat bildirdi.
"Bo‘lib o‘tgan voqealar juda qo‘rqinchli. Bu bizga o‘tgan asrda Bryusselda bo‘lib o‘tgan boshqa bir fojiani eslatadi (1985 yilgi "Eyzel" voqeasi - tahririyat izohi). Aybsiz odamlar o‘z jonlari bilan to‘lov qilishdi. Bu kelajak haqida jiddiyroq o‘ylab ko‘rishga chorlaydi. Endilikda, Euro-2016 turnirining o‘tkazilishi tahdid ostida. Tashkilotchilar bu borada jiddiy o‘ylab ko‘rib, bir qarorga kelishlari kerak", deydi futbolchi Rai Sport nashriga.
Eslatib o‘tamiz, Parijda 13 noyabr kechasi 6 tadan 7 tagacha terakt amalga oshirilgan: 4 ta hujumda odamlarga qarata o‘q uzilgan, “Bataklan” konsert zalida odamlar garovga olingan, shahar chetidagi “Stad de Frans” stadioni yonida 3 ta portlash sodir etilgan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, terakt natijasida qurbon bo‘lganlar soni 150 kishini tashkil etadi.
Ushbu hujumlar uchun javobgarlikni IShID terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga olgan.