Sport | 15:25 / 14.11.2015
4052
1 daqiqa o‘qiladi

Ravshan Ermatov to‘rtinchi marta OChL finalini boshqaradi

Osiyoning 5 karra eng yaxshi hakami deb e'tirof etilgan Ravshan Ermatov 21 noyabr kuni Xitoyning Guanjou shahrida bo‘lib o‘tadigan Xitoyning "Guanjou Evergrand" va BAAning "Al Ahli" klublari o‘rtasidagi o‘yinni boshqarib boradi.

Ermatovga qanotlarda Abdulhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam beradi. To‘rtinchi hakam Valentin Kovalenko etib tayinlangan. Hakamlar 18 noyabr kuni Xitoyga uchib ketadi.

Eslatib o‘tamiz, Ravshan Ermatov 2007, 2011, 2013 yillarda ham Osiyo chempionlar ligasi final o‘yinida bosh hakam bo‘lib ishlagan edi.

"Guanjou Evergrand" - "Al Ahli"
21 noyabr 2015. Guanjou. "Tianxe" stadioni
Bosh hakam: Ravshan Ermatov (O‘zbekiston)
Qanot hakamlari: Abdulhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov (ikkisi O‘zbekiston)
Zaxira hakami: Valentin Kovalenko (O‘zbekiston)
Dastlabki o‘yin: 0:0

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish