Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 18:17 / 15.11.2015
3745
1 daqiqa o‘qiladi
Blatter hamda Platini 6 yilga futbol faoliyatidan chetlatilishi mumkin
FIFA va UYeFA prezidentlari Yozef Blatter hamda Mishel Platini 6 yilga futbol faoliyatidan chetlashtirilishi mumkin, deb yozmoqda Daily Mail.
Eslatib o‘tamiz, Blatter 2011 yilda Platiniga FIFAda 1999-2002 yillar davomida ishlagani uchun 2 mln shveysar franki miqdordagi pulni noqonuniy ravishda berganlikda ayblanmoqda. Oktyabr oyi boshida Blatter hamda Platini 90 kunga futbol faoliyatidan chetlatilgan edi.