Jahon | 17:01 / 16.11.2015
4639
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada 1 kecha davomida 168ta reyd o‘tkazildi

Fransiya huquq tartibot organlari xodimlari tomonidan bir kechada (15 noyabr kechasida) aksilterror maqsadlaridagi 168ta reyd o‘tkazildi. Bu haqda Liberation xabar bergan.

Bu haqdagi ma'lumot, Fransiya IIV rahbari Bernar Kaznev tomonidan maxsus brifing vaqtida aytilgan.

Kaznevning aytishicha, bu reydlar davomida 23 kishi hibsga olingan.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, yil boshidan buyon 6 kishi IShIDga qo‘shilgani uchun Fransiya fuqaroligidan mahrum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 14 noyabrga o‘tar kechasi Fransiya poytaxti Parij shahrida IShID jangarilari tomonidan davomli teraktlar sodir etildi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu xunrezliklar natijasida 129 kishi halok bo‘lgan, jarohatlanganlar soni 352 nafarni tashkil etadi. Jarohatlanib shifoxonaga yotqizilganlarning 99 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish