Jamiyat | 17:24 / 16.11.2015
5548
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvadagi o‘zbeklar kafesiga uyushtirilgan hujumga mulk bo‘yicha kelishmovchilik sabab bo‘lgani aytilmoqda

Moskva shahrining shimoli-g‘arbidagi Aviatsiya ko‘chasida joylashgan «Ya Samarqand» kafesiga hujum uyushtirilishiga mulk bo‘yicha tortishuv sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Bu haqda TASS huquqni muhofaza qilish organlari bergan ma'lumotga tayanib xabar tarqatdi.

«Hozirgi vaqtda politsiya hujum qilganlarni kuzatish bilan bir vaqtda ushbu holat bo‘yicha barcha moliyaviy-xo‘jalik hujjatlarini o‘rganib chiqmoqda», - deydi mansabdorlardan biri.

Eslatib o‘tamiz, Moskva shahrining shimoli-g‘arbidagi Aviatsiya ko‘chasida joylashgan o‘zbeklarga tegishli bo‘lgan «Ya Samarqand» kafesiga 19 kishidan iborat jinoiy guruh beysbol bitalari bilan qurollangan holda kafega bostirib kirishgan va ularga hujum uyushtirgan.

Hujum vaqtida kafe egalaridan biri hisoblangan o‘zbekistonlik jonini qutqarish uchun ikkinchi qavatdan pastga sakragan va oyog‘ini sindirib olgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish