Sport | 10:14 / 16.11.2015
2428
1 daqiqa o‘qiladi

Nenad Lalovich WADA komissiyasida FIFA rahbari o‘rnini egallaydi

Birlashgan kurash uyushmasi (UWW) rahbari va Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi a'zosi Nenad Lalovich Butunjahon dopingga qarshi kurash komissiyasi (WADA) a'zoligiga o‘z roziligini berdi. Avval ushbu lavozimni FIFA rahbari Yozef Blatter egallab turgan edi. Bu haqda UWW matbuot xizmati xabar tarqatgan.

"Men uchun ushbu nufuzli tashkilot bilan aloqada bo‘lish katta faxr. Tashkilot dopingsiz halol kurashish borasida bizning sportchilar bilan a'lo darajadagi tushuntirish ishlarini olib bormoqda. Ishonamanki, bu borada tashkilotga yordam berishga qodirman va hamkorlikda ish olib borishni sabrsizlik bilan kutyapman”, – dedi Lalovich.

Eslatib o‘tamiz, 2014 yilning sentabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Kongressda Birlashgan kurash usullari xalqaro federatsiyasi (FILA)ni Butunjahon kurash uyushmasi (UWW)ga aylantirilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish