Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp IShIDning neft o‘choqlariga zarba berishga chaqirdi
AQSh prezidentligiga nomzod va milliarder Donald Tramp Parijda bo‘lgan hujumlarga qadar IShIDning Suriyada joylashgan marralarini yanada zaiflashtirish lozimligini ta'kidlab o‘tdi. Bu haqda CNBC xabar bermoqda.
Nomzodning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va koalitsiya IShIDning moliyaviy tarmoqlari, jumladan, neft o‘choqlari va bank hisob raqamlarini yo‘q etishlari lozim. Trampning so‘zlariga ko‘ra, neft IShID rahbarlarining eng yirik moddiy manbasi hisoblanadi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQShning hozirgi prezidenti Barak Obama terrorizm bilan kurashishda zaifdir. U shuningdek, Demokratlar partiyasidan nomzod Hillari Klintonni Yaqin Sharq borasida bildirgan fikrlari tufayli aybladi.