Jahon | 08:38 / 16.11.2015
4130
2 daqiqa o‘qiladi

WSJ: AQSh Fransiyaga IShID haqida ko‘proq ma'lumotlar berishni boshladi

AQSh Fransiyaga aviazarbalar samaradorligini oshirish maqsadida Suriya va Iroqdagi IShID marralari to‘g‘risidagi yanada ko‘proq ma'lumotlar taqdim etishni boshladi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda.

Nashr axborot manbalari xabariga ko‘ra, AQSh Fransiya bilan razvedka ma'lumotlarini almashish hajmini kengaytirib, jangarilarga havodan zarba berishda nishonlarni to‘g‘ri belgilashi uchun unga batafsil ma'lumotlar taqdim etish jarayonini tezlashtirishga kelishib oldi. Shu yo‘l bilan Qo‘shma Shtatlar Parijning Suriya va Iroqdagi IShIDga ehtimoliy javob hujumlarini amalga oshirishga yordam ko‘rsatishni maqsad qilgan.

AQSh mudofaa mahkamasidagi axborot manbasi Pentagon rahbari Eshton Karter IShID bo‘yicha razvedka ma'lumotlarini Fransiyaga yetkazishdagi cheklovlarni yumshatish tarafdori bo‘lib chiqqanini qayd etdi.
Bundan avvalroq esa Fransiya HHK Parij teraktlaridan so‘ng birinchi marta Suriyada IShID marralariga zarbalar bergani xabar qilingan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish