Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xammond: London parlament ruxsatini olishi bilan Suriyada IShIDga zarba berishni boshlaydi
Buyuk Britaniya hukumati Suriyada IShID pozitsiyalariga zarba berishni parlamentdan tegishli ruxsatni olishi bilan boshlaydi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Filip Xammond fikr bildirdi.
“Biz parlamentdagi kayfiyatlarga qarab ko‘ramiz, agar ovoz berishda g‘olib bo‘lishimizga, parlamentda ko‘pchilik ovozlarga ega bo‘lishimizga ishonsak, bu muhokamalarni boshlaymiz”, - dedi Xammond Fransiya elchisining Londondagi qarorgohida o‘tgan uchrashuvdan so‘ng bergan matbuot anjumanida.
Uning ta'kidlashicha, London faqat aviazarbalar bilan cheklanib qolmaydi. IShIDga qarshi kurashning kompleks rejasi o‘z ichiga “harbiy, siyosiy, mafkuraviy, moliyaviy” choralarni o‘z ichiga oladi.