Jahon | 08:29 / 17.11.2015
2850
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Asadning ketishi kechiktirilishiga rozi

AQSh Davlat departamenti vakili Mark Tonerning fikricha, Bashar Asad Suriya prezidentligidan ketishi kerak, lekin bu mamlakatdagi siyosiy muammolar hal qilinganidan keyin ro‘y bergani maqsadga muvofiq hisoblanadi.

"Asad bo‘yicha bizning pozitsiyamiz o‘zgarmaydi. Lekin biz tan olishimiz kerakki, boshqalar boshqacha fikrda. Biz ham Suriyadagi vaziyat yanada chigallashishini istamaymiz", deydi u.

Tonerning qayd etishicha, bu masala Suriyada o‘t ochishlarning to‘xtashi va yangi konstitutsion hukumatning yuzaga kelish jarayonining bir bosqichi bo‘lishi mumkin.

Biroz oldinroq, AQSh Suriyadan 2016 yilda 10 ming qochqin qabul qilish bo‘yicha rejani davom ettirishi ma'lum qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish