Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada ilk musulmonlar partiyasi paydo bo‘ldi
17 noyabr kuni Avstraliyada ilk musulmon partiyasi tashkil etildi. "Avstraliya musulmonlari partiyasi" nomini olgan bu siyosiy tuzilma rahbari mamlakat senati uchun saylovda ishtirok etish niyatida ekani ma'lum qilingan.
Ayni vaqtda Avstraliyada 500 ming nafardan ortiq musulmon istiqomat qiladi.
Mamlakat parlamentida esa 250 nafar deputat mavjud va ulardan faqat bir kishi musulmon diniga e'tiqod qiladi.
Yangi partiya asoschisi 34 yoshli Dia Muhammad Sidneyda yashashi va tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi ma'lum. U o‘z chiqishida butun dunyoda Parij teraktidan keyin dinlararo tushunmovchiliklar paydo bo‘lishidan xavotirda ekanini aytib o‘tgan.

U Avstraliyadagi musulmonlarning talab va istaklari inobatga oliniishi kerakligini ta'kidlab o‘tgan.
"Hozirgacha tarqoq bo‘lib yashayotgan jamoalarda birlashish imkoni paydo bo‘ldi. Endi biz o‘z talablarimizni ayon etishda yaxshiroq sharoitlarga ega bo‘lamiz", deydi Dia Muhammad.
U Avstraliyadagi bir necha partiyada musulmonlarga nisbatan ayricha munosabatlar mavjudligi yangi partiya tuzilishiga sabab bo‘lganini qayd etib o‘tgan.
Jurnalistlarning yozishicha, Muhammadning Senatga saylanishi ehtimollari juda kam. Uning saylovda ishtirok etishi uchun 500 ming imzo to‘planishi kerak. Lekin Avstraliyadagi 500 ming musulmonning 20 foizigina saylov huquqiga ega.