Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dmitriy Medvedev davlat muassasalariga Rossiyada ishlab chiqarilgan dasturiy ta'minotni sotib olish majburiyatini yukladi
Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev davlat muassasalarini 2016 yil 1 yanvardan faqatgina Rossiyada ishlab chiqarilgan dasturiy ta'minotni sotib olishga majburlovchi qarorni imzoladi, deb xabar bermoqda “Kommersant'” nashri.
Davlat muassasalari xorijda yaratilgan dasturlarni agar tegishli ro‘yxatda uning Rossiyada ishlab chiqarilgan muqobili bo‘lmasa yoki u kerakli funksiyalarga ega bo‘lmasagina sotib olishlari mumkin bo‘ladi.
Rossiyada ishlab chiqarilgan dasturiy ta'minot ro‘yxati davlat yoki munitsipal muassasalar, notijorat tashkilotlar va Rossiya sub'yektlarining ulushi 50 foizdan oshuvchi tijorat kompaniyalari mahsulotlaridan tuziladi. Shu bilan birga bunday kompaniyalarda xorijiy kompaniyalarning tushumi 30 foizdan oshmasligi kerak. Dasturiy ta'minotlarni ro‘yxatga kiritish qarori Rossiya aloqa qo‘mitasi huzuridagi ekspert guruhi tomonidan qabul qilinadi.