Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya Alplaridagi halokat guvohlari aviakompaniyadan Parijda teraktlar bo‘lib o‘tgan kungi futbol o‘yiniga chiptalar olgan edi
Germanwings aviakompaniyasi Kar-le-Verne qishlog‘i ahliga 13 noyabr kuni Parijda Fransiya va Germaniya terma jamoalari o‘rtasida o‘tgan futbol o‘yiniga tushish uchun chiptalar sovg‘a qilgan edi. BFM portalining ma'lum qilishicha, kompaniyaning A320 samolyoti aynan shu qishloq yaqinida halokatga uchragan edi.
Barselonadan Dyusseldorfga kelayotgan samolyot 2015 yil 24 martida quladi. Buning oqibatida bortdagi 150 kishi halok bo‘ldi. Tergovdan ma'lum bo‘lishicha, havo kemasini ikkinchi uchuvchi Andreas Lubits ataylab tog‘larga urgan.
Yaqin orada joylashgan Kar-le-Verne qishlog‘i ahli samolyot qoldiqlarini yig‘ishtirishda ko‘ngillilar sifatida ishtirok etishgan edi. Minnatdorchilik ramzi sifatida Germaniya aviakompaniyasi ularning ko‘pchiligiga, shu jumladan, ma'muriyat rahbari Fransua Balikka Fransiya va Germaniya o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuviga chiptalar sovg‘a qilgan edi.
O‘yinga qishloqdan kamida 100 kishi kelgan edi. Futbol o‘yini paytida “Stad-de-Frans”ga yaqin joyda 3 marotaba portlash sodir etildi. Qishloq vakillaridan hech kim zarar ko‘rmadi.