Jahon | 16:06 / 17.11.2015
5040
2 daqiqa o‘qiladi

FT: Suriyada tinchlik o‘rnatish yo‘li Moskva orqali o‘tadi

G‘arb yetakchilari Suriyada tinchlik o‘rnatish yo‘li Moskva orqali o‘tishini tan olishga majbur bo‘lishdi, shu bois oxirgi 12 oy mobaynida Rossiya prezidenti Vladimir Putin “diplomatik begona”dan mavjud muammolar yechimini taqdim eta oladigan kishiga aylandi, deb yozadi Financial Times nashri.

Aytilishicha, G‘arb Putindan voz kecha olmasligini tushundi, shu bois uning terrorchilikka qarshi kuchlarni birlashtirish borasidagi chaqiriqlari ortiq javobsiz qolmaydi. Shu bilan birga, maqola muallifining fikricha, har ikki tomonning so‘zlari va amallari o‘rtasida jiddiy tafovut yuzaga kelishi mumkin, negaki Bashar Asad taqdiri hozirgacha hal qilingan emas.

Ayni paytda AQSh prezidenti Barak Obama Rossiyaning bu xatti-harakatlariga ko‘mak beray demayapti. Obama Rossiya bilan munosabatlarda biroz o‘zgarish sodir bo‘lganini aytganiga qaramay, Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron Kreml va Oq Uy o‘rtasidagi munosabatlar hamon sovuqligini tan oldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish