Jahon | 16:48 / 17.11.2015
3380
1 daqiqa o‘qiladi

Gretsiyadagi zilzila tufayli 2 kishi halok bo‘ldi

17 noyabr kuni Gretsiyada yuz bergan 6,1 balli zilzila tufayli 2 ayol halok bo‘lgan.

Afina axborot agentligi xabariga ko‘ra, Ion dengizida joylashgan Lefkas orolida ta'siri kuchli sezilgan zilzila tufayli 2 ayol halok bo‘lib, 4 kishi jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizilgan.

Qurbonlardan biri Ponti Visiliki qishlog‘ida istiqomat qilgan. 60 yoshli bu ayol zilzila vaqti o‘z uyida bo‘lgan va qulagan uy ostida qolib halok bo‘lgan.

Shuningdek, mahalliy hukumat Atani qishlog‘idagi yana bir ayolning o‘limini tasdiqlashgan.
Ushbu zilzila tufayli Lefkas oroli janubi-sharqidagi yo‘llar jiddiy shikastlangan.

17 noyabr kuni ro‘y bergan zilzila o‘chog‘i Lefkas orolidan 25 km masofada (dengizda), 2 km chuqurlikda joylashgan. Zilzilaning qaytalanish vaqtidagi tebranish 5,2 ball kuchga ega bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish