Jamiyat | 08:46 / 17.11.2015
2030
1 daqiqa o‘qiladi

Gvineyada Ebolaga chalingan so‘nggi bemor tuzaldi

Gvineyada Ebola virusiga chalingan so‘nggi bemor davolanib, kasalxonadan chiqarildi, deb xabar bermoqda Reuters.

“Ebolaga chalingan so‘nggi bemor kasalxonadan chiqarildi. Biz ikkita test o‘tkazdik, xulosalar manfiy”, — dedi Ebolani davolash ittifoqi vakili Fode Tassa Silla.
Avvalroq Buyuk britaniyalik hamshira Paulina Kafferkey Ebolaga yo‘liqqanlikda gumonlanib, kasalxonaga yotqizilganligi to‘g‘risida ma'lumotlar berilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish