Jahon | 11:48 / 17.11.2015
3050
2 daqiqa o‘qiladi

Jon Kerri Parijga rejadan tashqari tashrif amalga oshirdi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri 16 noyabr kuni kechasi Parijga uchib keldi. Rejadan tashqari tashrifi avvalida u AQShning Parijdagi elchixonasi (elchixona binosi Fransiya bayroqlariga burkangan) oldida nutq so‘zladi va Parij terakti qurbonlarining yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

"Biz IShIDni yengamiz. Uni qo‘llab-quvvatlayotgan barchani aniqlaymiz", deydi Kerri.

U o‘z nutqida IShIDni yana bir qoralab o‘tgan va bu tashkilot o‘z harakatlari bilan (xususan, Parijdagi terakt) shu oy oxirida boshlanishi kerak bo‘lgan Iqlimiy isish konferensiyasi o‘tkazilishiga to‘siq bo‘la olmasligini aytib o‘tgan.

"Biz o‘z rejalarimizni o‘zgartirmaymiz. Parijda noyabr oyining oxirida Global isish muammosiga bag‘ishlangan BMT sammiti boshlanadi. Unda AQSh prezidenti Barak Obama ishtirok etadi", deydi Kerri.

17 noyabr kuni Kerri Fransiya prezidenti Fransua Olland hamda mamlakat TIV rahbari Loran Fabius bilan uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirgan.

AQSh Davlat kotibi xavfsizlik nuqtai nazaridan Parijda terakt qurbonlari xotirasini yod etish va ular hurmati uchun gullar qo‘yilayotgan maydonga tashrif buyurmasligi aytilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish